«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialida 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda joriy ta’mirlash ishlari, shuningdek, 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
⚡️ Misol uchun, L- Neftchi-2 liniyasida qushlar qo‘nishiga qarshi qo‘shimcha to‘siqlar o‘rnatish ishlari davom etmoqda.
✍️ Elektr tarmoqlari xizmati mutaxassislarining ko‘p yillik kuzatuvlari shuni ko‘rsatmoqdaki, yirik qushlar yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari ustunlariga in qurib olishga moyil bo‘lishadi. Ular tomonidan qurilgan yirik va og‘ir inlar natijasida:
▪️liniyalar o‘rtasida qisqa tutashuvlar,
▪️izolyatsiyaning yonishi,
▪️simlarning uzilishi,va avariyaviy o‘chishlar kabi salbiy holatlar tez-tez yuzaga kelish mumkin.
Bundan tashqari, yirilk qushlarning elektr tarmog‘iga qo‘nishi va qush axlati tufayli tarmoqda qisqa muddatli izolatsiya yo‘qolishi natijasida sodir bo‘ladigan qishqa tutashuvlar sababli avariyalar soni ortib borayotgani elektr ta’minoti tizimining uzluksiz ishlashini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI"
https://t.me/QashqadaryoMET