Avvalroq “Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi” tomonidan xabar berilganidek, bugun, 2025-yil 31-iyul, soat 08:00 dan 19:00 gacha Toshkent tumanining ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirilgan edi.
Elektr taʼminotidagi bu uzilishlar “Sag‘bon” podstansiyasidan chiqadigan 35 kV kuchlanishdagi “L-Bog‘zor-1” va “L-Bog‘zor-2” liniyalarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari, muhofaza zonasi hududini daraxt shoxlarini tozalash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bilan bog‘liq.
⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari rejalashtirilgan ishlarni muddatidan oldin yakunlaganini maʼlum qiladi.
Amalga oshirilgan texnik-muhandislik tadbirlari “Sag‘bon” podstansiyasidan chiqadigan 35 kV kuchlanishdagi “L-Bog‘zor-1” “L-Bog‘zor-2” elektr tarmoqlari barqaror faoliyati uchun amalga oshirilib, muhofaza zonasidagi meʼyoriy talablar elektr taʼminotidagi favqulodda uzilishlar sonini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot