♦ Rejalashtirilgan ta’mirlash-sozlash ish grafigining 10/95-raqamli topshiriqnomasi asosida “Bulung‘ur” podstansiyasining T-1 transformatoriga ulanadigan OD-KZ-T1-110 va V-T1-35 yo‘nalishlaridagi qurilmalarda joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ta’mirlash-sozlash ishlari davomida releli himoya va avtomatika tizimi qurilmalari, elektr uskunalari va o‘tkazgichlar texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, fazirovka ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda, brigada rahbari Sh.Haitov va ish boshlig‘i N.Turakulov tomonidan belgilangan tartibda tashkil etildi.
⚡️ Rejalashtirilgan ta’mirlash-sozlash elektr tarmoqlarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek favqulodda uzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun