⚡️ Bugun, 2025-yil 1-avgust kuni soat 14:50 da GES-27 energetika obyektidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Chorbog‘-1 va L-Chorbog‘-2 110 elektr tarmog‘i favqulodda o‘chdi.
❗️Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, liniyaning tayanch ustuniga yuk avtomobili borib urilgan.
Ayni paytda ushbu elektr tarmog‘idan kuchlanish oluvchi Bo‘stonliq tumanining isteʼmolchilari (6,6 MVt): aholi xonadonlari, ishlab chiqarish obyektlari, bolalar dam olish oromgohlari va dor yo‘li (kanatka) majmuasi elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
❗️ Energetiklar tomonidan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatlari bartaraf etilib, elektr tarmog‘iga kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
⚡️ Isteʼmolchilardan sodir bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati