⚡️ Avval xabar berganimizdek, bugun, 2025-yil 1 avgust kuni soat 14:50 da GES-27 energetika obyektidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Chorbog‘-1 va L-Chorbog‘-2 elektr tarmog‘i tayanch ustuniga yuk avtomobili borib urilgani tufayli favqulodda o‘chgan edi.
Shu soatlarda voqea joyiga zahira tayanch ustuni va zarur uskuna-jihozlar olib borilib, elektr tarmog‘ini tiklash bo‘yicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
❗️ Shu bilan birga, liniyadagi nosozlik bartaraf etilgunga qarar isteʼmolchilarga halqalash usulida kuchlanish berish choralari amalga oshirilmoqda.
⚡️ Isteʼmolchilardan sodir bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati