2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: 220/110/10/6 kV kuchlanishli “Qo‘yliq” podstansiyasida obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda
  • 04.08.2025
  • 91

⚡️ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli «Qo‘yliq» podstansiyasini obonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida podstansiya xodimlari tomonidan sug‘orish va axlatlarni tozalash ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: 220/110/10/6 kV kuchlanishli «Qo‘yliq» podstansiyada «Yashil makon» umummilliy loyihasi  doirasida har xil mevali daraxt va gullar ekilgan bo'lib, ularni sug‘orish hamda ularni parvarish qilish har bir podstansiya xodiminig burchi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq isteʼmolchilar sovitish tizimidan keng ko‘lamda foydalanayotgan yoz mavsumda o‘ta yuklama bilan ishlayotgan tarmoqlarda avariyaviy o‘chishlar sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklarini tezkor va samarali tashkil qilinib, mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 7 ta 220 kv kuchlanishli podstansiyalarni taʼminlovchi magistral elektr tarmoqlari dron-teplovizor ko‘rigidan otkazilgan va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgan edi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot