“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Navro‘z” podstansiyasining 110 kVli ochiq taqsimlash qurilmasidagi metall konstruksiyali qurilmalarga korroziyaga qarshi bo‘yoq tortish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu texnik xizmat tadbirlari doirasida yuqori kuchlanishda ishlovchi metall tayanchlar, uskunalar o‘rnatilgan konstruksiyalar va himoya elementlari korroziyaga qarshi bo‘yoqlar bilan yangilandi, shuningdek, zarar yetgan joylar oldindan tozalandi va qayta tiklandi.
Filialda olib borilgan bunday profilaktik ishlar elektr ta’minoti tizimida ishonchlilik va xavfsizlikni ta’minlash bilan birga, texnik inshootlarning xizmat muddatini uzaytirish, ko‘rinishini tartibga keltirish va xavfsiz xizmat ko‘rsatish sharoitini yaratishga xizmat qiladi.
Ishlarda filial mutaxassislari va texnik xodimlar ishtirok etib, belgilangan me’yor va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot