2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Vodiydan Toshkentga olib boruvchi yo‘nalishdagi barcha “metan zapravkalar” uzluksiz ishlamoqda
  • 05.08.2025
  • 19

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Andijondan perevalgacha bo‘lgan yo‘nalishda barcha metan zapravkalar yopiq” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Bugun, 5-avgust kuni soat 09:30 dan 11:14 ga qadar Pop tumanidagi 4 ta “metan zapravkani elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmog‘ida rejali ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Shu vaqt mobaynida qisqa fursatga 4 ta “metan zapravka”ning faoliyati to‘xtagan.

Ta’mirlash ishlari belgilangan tartibda “metan zapravka”lar bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

Ayni paytda vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan yo‘nalishdagi barcha “metan zapravkalar” to‘liq quvvatda va uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/17322

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati