Bugun, 2025-yil 5-avgust kuni soat 16:48 da 110 kV kuchlanishli L-Yangi-Qo‘rg‘on-1-110 elektr tarmog‘iga ulangan 110/35/6 kV kuchlanishli «Yangi Qo‘rg‘on» podstansiyasida 25 MVA quvvatli T-3 transformatorida nosozlik (110 kV sunʼiy qisqa tutashtirgich ishlab, uzgich ajralmagan) kuzatildi.
Shu paytda “Saribozor” podstansiyasida himoya tizimi ishlab, L-Yangi-Qo‘rg‘on-1-110 kV tarmog‘idagi isteʼmolchilar (14 MVt yuklama bilan) favqulodda o‘chdi. Qayta ulash amaliyoti muvaffaqiyatsiz kechdi.
Natijada “G‘allaorol” va "Yangi qo‘rg‘on" podstansiyalaridan taʼminlangan gaz kompressor stansiyasida ishlab turgan 5 dona gaz kompressor qurilmasidan 3 tasida o‘chish sodir bo‘lgan. Shuningdek, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotidan uzilishlar mavjud.
Ayni paytda tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilar va gaz kompressor qurilmalarini L-Yangi qo‘rg‘on-2-110 kV tarmog‘i orqali elektr taʼminoti bilan taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.
⚡️ Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘raymiz.
Soat 17:55 da avariyaviy o‘chgan agregatlarning (gaz kompressor qurilmalari) barchasi qayta ishga tushirilib, isteʼmolchilar tarmog‘iga kuchlanish berildi, nosozliklar bartaraf etildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati