Toshkent shahri iste’molchilarini ta’minlovchi “Yuksak” podstansiyasidagi ayrim qurilma va uskunalarda o‘tkazilgan navbatdan tahqari nazorat ko‘rigida me’yordan ortiq qizish holatlari aniqlanib, nosozliklar joyda bartaraf etildi. Texnuik-profilaktik amaliyotlar bajarildi.
Ta’mirlash jarayonida, shuningdek, boshqa elektr jihoz va uskunalari ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
❗️ Barcha ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda belgilangan texnik tartib-taomillar asosida olib borildi. Ta’mirlash-sozlash ishlari natijasida elektr tarmoqlarining xavfsiz va ishonchli ishlashi ta’minlandi.
⚡️ Podstansiyada o’tkazilgan tungi amaliyotlardan ko‘zlangan maqsad — elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olish va energiya uzatish tizimini ishonchli saqlash.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot