«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish uchun 35–500 kV kuchlanishli podstansiyalarda bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 30-yanvardagi 14-sonli buyrug'iga asosan 2025-yil 1-fevraldan 1-oktabrgacha atrof-muhit va estetik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rik oyligi talablari bajarilmoqda.
⚡️ Misol uchun, 110/10 kV kuchlanishli "Do‘stlik" podstansiyasi hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, 110/10 kV kuchlanishli "Cholish" podstansiyasi hududi begona o'tlardan tozalandi.
Mazkur ishlar elektr uskunalarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta'minlash, yong'in xavfining oldini olish hamda podstansiya hududining estetik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirildi. Podstansiya atrofidagi begona o‘tlar o‘rib tashlandi, hudud ko‘rinishi tartibga keltirildi. Ushbu chora-tadbirlar texnik xavfsizlikni ta'minlash hamda yong‘in xavfining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hududlarni tozalash ishlari boshqa podstansiyalarda ham davom ettirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI