“Farg'ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi yuqori kuchlanishli “2A” podstansiyasida elektr energiyasi uzatishning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektr qurilmalarining joriy ta’mirlash ishlari boshlandi.
⚙️ Ta’mirlash doirasida L-AK-1-110 kV moyli o‘chirgich hamda L-AK-1-110 kV tok transformatori bo‘yicha profilaktika va ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan:
✅ Mexanik va elektr qismlarni ko‘rikdan o‘tkazish;
✅ Moy sathi va tarkibi hamda izolyatsiya ko‘rsatkichlarini tekshirish;
✅ Kontaktlar va izolyatsiya detallarini tozalash hamda zarur qismlarni almashtirish;
✅ Yerga ulanish tizimlarini nazoratdan o‘tkazish.
⚙ Mazkur ishlar elektr energiyasi ta’minotida uzilishlarsiz ("halqalash" usuli orqali), xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. Ta’mirlash jarayoni tugagach, uskunalar sinov tarzida ishga tushiriladi va podstansiyadan chiquvchi tarmoqlarga kuchlanish beriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling ⇒ https://t.me/FargonaMET_Axborot