2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
E’lonlar
Diqqat! “Eng yaxshi taklif” asosida pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish (qurilish-taʼmirlash ishlari) yuzasidan eʼlon!
  • 06.08.2025
  • 33

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent MET” filiali tasarrufidagi podstansiyalarni tashqi devorlarini taʼmirlash, qurish ishlarini amalga oshirish uchun pudratchi tashkilotlar bilan “eng yaxshi taklif” asosida shartnomalar tuzish uchun rejalashtirilgan xizmatlar ro‘yxati:

1) Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan 110 kV kuchlanishli25” podstansiyasining balandligi 2 metr, uzunligi 220 metr bo‘lgan tashqi devorlarini zamonaviy uslubda (shlakoblok, beton plitadan) qurish, balandligi 2.5 metr eni 5 metr bo‘lgan zamonaviy temir panjarali darvoza va bo‘yi 2.5 metr eni 1 metr bo‘lgan xodimlarni podstansiya hududiga kirib chiqishi uchun eshik o‘rnatish ishlarini “tayyor holda topshirish” asosida bajarish.

Ishlarni umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra QQS bilan 620 980 304,0 (olti yuz yigirma million to‘qqiz yuz sakson ming uch yuz to‘rt) so‘m, smeta hujjatlari ilova qilinadi.

2) Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan 35 kV kuchlanishli Suv ombori” podstansiyasining balandligi 2 metr, uzunligi 61 metr bo‘lgan tashqi devorlarini zamonaviy uslubda (shlakoblok, beton plitadan) qurish, balandligi 2.5 metr, eni 5 metr bo‘lgan zamonaviy temir panjarali darvoza va bo‘yi 2.5 metr, eni  1 metr bo‘lgan xodimlarni podstansiya hududiga kirib chiqishi uchun eshik o‘rnatish ishlarini “tayyor holda topshirish” asosida bajarish.

Ishlarni umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra QQS bilan 179 296 138,0 (bir yuz yetmish to‘qqiz million ikki yuz to‘qson olti ming bir yuz o‘ttiz sakkiz) so‘m, smeta hujjatlari ilova qilinadi.

3) Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan 35 kuchlanishli Parkent” podstansiyasining balandligi 2 metr, uzunligi 92 metr bo‘lgan tashqi devorlarini zamonaviy uslubda (shlakoblok, beton plitadan) qurish va 2 ta balandligi 2.5 metr, eni 4 metr bo‘lgan zamonaviy temir panjarali darvoza o‘rnatish ishlarini “tayyor holda topshirish” asosida bajarish.

Ishlarni umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra QQS bilan 147 484 370,0 (bir yuz qirq yetti million to‘rt yuz sakson to‘rt ming uch yuz yetmish) so‘m, smeta hujjatlari ilova qilinadi.

Ishlarni bajarish muddati: Ish rejimiga asosan 2025 yil avgust-sentyabr oylari ichida 30 kun muddatda.

Eslatma: Bajariladigan ishlarga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilgan smeta hujjatlari hamda bajarilgan ishlar dalolatnomasi taqdim etilishi lozim.

Tanlov eʼlon qilingandan so‘ng ariza va takliflar 3 ish kundan so‘ng qabul qilinmaydi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon raqam (soat 9:00 dan 18:00 gacha): +998-71-236-6495; 71-236-6211; 

Korporativ elektron pochta manzili: sh.dadajonov@uzbekistonmet.uz

 

Parkent 3 ta PS

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati