Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Magistral elektr tarmoq qurilishi” filiali mutaxassislari tomonidan “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli L-T-B havo tarmog‘ining 2-3 va 14-15-sonli tayanch ustunlari oralig‘ida qo‘shimcha 2 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatilish jarayonlari aks etgan.
Ma’lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli L-T-B elektr uzatish havo tarmog‘ida o‘rnatilgan qo‘shimcha tayanchlar elektr tarmog‘ining kelgusida avariyaviy o‘chishining oldini oladi hamda elektr uzatish tarmog‘idagi ortiqcha yo‘qotishlarni (texnologik sarf miqdorini) kamaytiradi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling