2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: 110/10 kV kuchlanishli “Zarafshon” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 07.08.2025
  • 12

Navoiy viloyatining Xatirchi tumani hududida joylashgan “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 110/10 kV kuchlanishli “Zarafshon” podstansiyada rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:

▪️T-1 transformatori hamda uning bog’lamlarida rejali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, texnik-muhandis xodimlar tomonidan tegishli ta’mirlash-sozlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, releli himoya va sinov-o’lchov amaliyotlari bajarildi. 

▪️Shuningdek, o‘lchov asboblari va avtomatika tizimlari sozligi tekshirildi.

❗️ Joriy ta’mirlash ishlari xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirildi.

Ma’lumot o‘rnida: mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Bundan tashqari, magistar elektr tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali 

t.me/Navoiy MET_Axborot