2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 110/6 kV kuchlanishli "Sherbuloq" podstansiyada rejaga asosan joriy taʼmirlash ishlari olib borildi
  • 08.08.2025
  • 15

Avval xabar berganimizdek, "Namangan magistral elektr tarmoqlari" filial bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga asosan 110/6 kV kuchlanishli "Sherbuloq" podstansiyasida T-2 6 kV 2-shinalar tizimida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

⚙️Ta’mirlash ishlari davomida podstansiyaning 2-shinalar tizimidagi 2-transformatori, 6 kV yacheykalari, izolyatorlar, releli himoya va avtomatika tizimi qurilmalarida profilaktik ishlar olib borildi. Bundan tashqari, qizigan kontaktlar birikmalaridagi nuqsonlar bartarf etildi. 

⚡️ Ma’lumot o‘rnida: Elektr qurilmalariga o‘z vaqtida sifatli va to‘g‘ri xizmat koʻrsatish — elektr energiyasini generatsiya (ishlab chiqarish) jarayonidan taqsimlovchi qurilmalarga yetkazib berish barqarorligini ta’minlashda, ya’ni nosozliklar va uzilishlarni oldini olishda muhim omil hisoblanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot