⚡️ Elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz yetkazilishini ta’minlash maqsadida, 220/110/10 kV kuchlanishli “Ishtixon” podstansiyasida R-LIA-1 ajratgichida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Texnik xizmat ko‘rsatish davomida ajratgichning barcha ishchi qismlari tahlil qilinib, mexanik bo‘g‘inlar va kontaktlar soz holatga keltirildi. Jarayonda tajribali mutaxassislar qatnashib, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilindi. Podstansiya jamoasi tomonidan bajarilgan bu texnik ishlar – tizimdagi umumiy barqarorlik va foydalanuvchilarga yetkaziladigan energiyaning sifati uchun muhim poydevordir.
Ma’lumot o‘rnida: mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Bundan tashqari, magistar elektr tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun