2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda
  • 08.08.2025
  • 4

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Bundan tashqari, magistar elektr tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Podstansiya xizmati mutaxassislari 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.

Misol uchun, Toshkent viloyatida joylashgan obyektlar: 

Bo‘stonliq tumanidagi 110/35/10 kV kuchlanishli "Chimyon" podstansiyasida T-2 trasformatorida joriy tamirlash ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi;. Olmaliq shaharidagi 110 kuchlanishli "L-D-K-1" elektr tarmog‘ida uzilgan shleyfni ulash ishlari olib borildi. Qibray tumani dagi 110/35/6 kuchlanishli "Do‘rmon-1"podstansiyasida hududni tozalash ishlari olib borildi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot