⚡️ Toshkent shahrining ayrim hududlarini taʼminlovchi “Qo'yliq” podstansiyasining 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlovchi qurilmasida 31-sonli topshiriqnoma asosida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ta’mirlash-sozlash jarayonida elektr uskunalarining moy bosimini normal holatga keltirish ishlari olib borildi. Shu qatorda qolgan uskunalarning ham texnik holati sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
❗️ Ta’mirlash-sozlash ishlari natijasida elektr tarmoqlarining xavfsiz va ishonchli ishlashi ta’minlanmoqda.
❗️ Barcha ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda belgilangan texnik tartib-taomillar asosida olib borilmoqda.
☄️ Maqsad — elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olish va energiya uzatish tizimini ishonchli saqlash.
Ma’lumot o‘rnida: mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Bundan tashqari, magistar elektr tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot