⚡️ Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2025 yil 1 iyun sanasidan Aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilingan (qabul qilish jarayonida bo‘lgan) podstansiyalar faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Kunning birinchi yarmida "Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori va bosh muhandisi bilan hudud elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash, 2025/2026 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga oid muhandislik loyihasini muhokama qildi. Qo‘shimcha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
⚡️Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Xo‘jayli—1” podstansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, energetika obyektidagi transformatorlarning ishchi holati, kunduzgi va kechki yuklamasini o‘rgandi. Mutaxassislarga tegishli vazifalar yukladi.
Bundan tashqari, Dadajon Aynaqulovich podstansiyaning atrofi o‘ralganligi, yordamchi binoning holati, navbatchi xodimlarga yaratilgan mehnat sharoiti va zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlanganlik darajasini o‘rgandi.
Shuningdek, Xo‘jayli tumani aholisining ijtimoiy masalalar murojaati yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati