2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: 35/10 kV kuchlanishli “Qiziltepa” podstansiyasi ~ Navoiy viloyati
  • 10.08.2025
  • 74

⚡️ Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2025 yil 1 iyun sanasidan Aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilingan (qabul qilish jarayonida bo‘lgan) podstansiyalar faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun, 2025-yil 10-avgust kuni "Navoiy magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari bilan hudud elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash, 2025/2026 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga oid joriy taʼmirlash rejasini ko‘rib chiqdi va masʼullarga qo‘shimcha topshiriq hamda ko‘rsatmalar berdi. 

⚡️Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Qiziltepa” podstansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mazkur energetika obyektidagi transformatorlarning ishchi holatini ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislarga tegishli vazifalar yuklandi.

Bundan tashqari, Dadajon Aynaqulovich podstansiyaning yong‘in va hayot xavfsizligi qoidalari talablari qay darajada ekanini o‘rgandi. 

Eslatib o‘tamiz, D.Isaqulov kecha aholi vakillari murojaati yuzasidan sayyor qabul o‘tkazib, "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali faoliyati, Filial tasarrufidagi energetika obyektlarini ko‘zdan kechirgan  edi. 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati