⚡️ Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston MET" AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2025-yil 1-iyun sanasidan Aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilingan (qabul qilish jarayonida bo‘lgan) podstansiyalar faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Bugun, 2025-yil 10-avgust kuni "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari bilan hudud elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash, 2025/2026-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga oid joriy taʼmirlash rejasini ko‘rib chiqildi va masʼullarga qo‘shimcha topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.
⚡️Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Samarqand viloyati Xatirchi tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Bahor” podstansiyasi bilan yaqindan tanishib, mazkur energetika obyektidagi elektr qurilmalarining ishchi holati, yuklamasi, estetik holatini ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislarga bir nechta vazifalar yukladi.
Bundan tashqari, Dadajon Aynaqulovich podstansiyaning yong‘in xavfsizligi qoidalari talablari qay darajada ekanini o‘rgandi. Podstansiyaga kiruvchi va undan chiquvchi liniyalarning kontakt birikmalarini navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazish yuzasidan masʼul xodimlarga topshiriq berdi.
Eslatib o‘tamiz, D.Isaqulov kecha aholi vakillari murojaati yuzasidan sayyor qabul o‘tkazib, "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi energetika obyektlarini ko‘zdan kechirgan edi. Bugun esa "Buxoro magistral elektr tarmoqlari" hamda "Navoiy magistral elektr tarmoqlari" filiallari navbatchi xodimlari ish faoliyati bilan tanishdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati