2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: 35/10 kV kuchlanishli “Tinchlik” podstansiyasi ~ Samarqand viloyati
  • 10.08.2025
  • 84

⚡️ Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston MET" AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2025-yil 1-iyun sanasidan Aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilingan (qabul qilish jarayonida bo‘lgan) podstansiyalar faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun, 2025-yil 10-avgust kuni "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufiga o‘tgan 35/10 kV kuchlanishli “Tinchlik” podstansiyasi bilan yaqindan tanishib, mazkur energetika obyektidagi elektr qurilmalarining ishchi holati, transformatorlarining yuklamasi, himoya tizimini ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislarga elektr tarmoqlari xo‘jaligi muhofaza zonasiga taalluqli bir nechta vazifalar yukladi.

Shuningdek, Dadajon Aynaqulovich podstansiyaning yong‘in xavfsizligi qoidalari talablari qay darajada ekanini o‘rgandi. Podstansiyaga kiruvchi va chiquvchi liniyalarning kontakt birikmalarini navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazish yuzasidan masʼul xodimlarga topshiriq berdi. 

Eslatib o‘tamiz, D.Isaqulov kecha aholi vakillari murojaati yuzasidan sayyor qabul o‘tkazib, "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi energetika obyektlarini ko‘zdan kechirgan edi. Bugun esa "Buxoro magistral elektr tarmoqlari" hamda "Navoiy magistral elektr tarmoqlari" filiallari  navbatchi xodimlari ish faoliyati bilan tanishdi. 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati