2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Tarmoq ilmiy-texnik kengashi
Xorijda malaka oshirish amaliyoti: Aksiyadorlik jamiyati xodimlari malaka oshirmoqda
  • 11.08.2025
  • 76

O‘zbekiston Respublikasi Energetika tizimi korxonalarida faoliyat olib borayotgan moliya-iqtisod yo‘nalishidagi mutaxassislari uchun Ozarbayjon Respublikasida "Pricewater house Coopers” kompaniyasi tomonidan o‘quv-seminar dasturlari asosida malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi.

Navbatdagi o‘quv-treninglar Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur o‘quv-treninglarda jami 5 nafar "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati xodimlari,  shu bilan birga, energetika tizim korxona va tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan boshqa mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: Taʼlim-tarbiya maskanlarida energetika sohasiga oid dastlabki tushunchalarni shakllantirish, isteʼmol madaniyatini yuklaltirish, o‘quvchi-talabalarga energetika sohasiga oid islohotlar va bu murakkab jarayonda erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklar, istiqboldagi rejalar bilan bo‘lishish maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari turli o‘quv muassasalarida “mahorat darslari” o‘tib kelmoqda. Aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb-saytida “Tarmoq ilmiy-texnik kengashi” deb nomlangan maxsus rukn  tashkil etilgan bo‘lib, unda shu yo‘nalishdagi xabar va yangiliklar eʼlon qilib boriladi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati