Xizmat safari chog‘ida ishchi guruh “Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari bilan birgalikda hududda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va 2025/2026 yil kuz-qish mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha joriy ta’mirlash rejasini ko‘rib chiqdi. Shundan so‘ng mas’ullarga qo‘shimcha topshiriqlar va ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, ishchi guruh Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Bahor" podstansiyasida bo‘lib, elektr qurilmalarining ishchi holati, yuklamasi va estetik holatini ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislarga bir qator vazifalar yuklatildi.
Dadajon Isaqulov podstansiyada yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish holatini ham o‘rgandi. Shuningdek, podstansiyaga kiruvchi va undan chiquvchi liniyalar kontakt birikmalarini navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazish yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berdi.
Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur xizmat safari Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 2025 yil 1 iyundan mazkur tashkilot balansiga qabul qilingan podstansiyalar faoliyatini o‘rganishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar bu kabi o‘rganish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ham olib borildi.
Manba: https://uza.uz/
N.Ziyodullayeva,
O‘zA