2025–2026-yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash, uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Andijon MET” filiali tasarrufidagi «Xakan» podstansiyasida 110 kV kuchlanishli L-AX moyli o‘chirgichini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
❇️ Moyli o‘chirgich va ularga tegishli qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
❇️ Moyli o‘chirgich laboratoriya sinovidan o‘tkazildi;
❇️ Mexanik harakatlanuvchi qismlar ko‘zdan kechirilib, tozalash va moylash ishlari bajarildi;
❇️ Kontaktlar holati tahlil qilinib, zarur joylari mahkamlandi;
❇️ Izolyatorlar tozalash va qismlarni bo‘yash.
Mukammal ta’mirlash ishlari xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Bundan tashqari, magistar elektr tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali