2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BUXORO VILOYATI: 220 kV kuchlanishli 3 ta podstansiya va 1 ta o‘chirib-yoqish punktidagi elektr qurilmalar teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 12.08.2025
  • 34

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati "Buxoro magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 220/110/6 kV kuchlanishli "Qorovulbozor", 220/110/35/6 kV kuchlanishli “Buxoro”, 220/110/6 kV  kuchlanishli “Quyimozor” podstansiyalari hamda 220 kV kuchlanishli "Turon" o‘chirib-yoqish punktida mavjud elektr qurilmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan nazorat ko‘rigi jarayonlari aks ettirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Bundan tashqari, magistar elektr tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo‘ling

  t.me/BuxoroMET_Axborot