⚡️ Bugun, 2025-yil 12-avgust kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov boshchiligidagi Ishchi guruh a’zolari Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB) vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Ayni paytda tomonlar O’zbekistonda energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘i rivojiga taalluqli o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari hamda mamlakatimizda olib borilayotga «yashil iqtisodiyot» dasturiga oid masalalarni muhokama etishmoqda.
Uchrashuvda Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankining Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika hamda Lotin Amerikasi mamlakatlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi departmenti rahbari — AIIB Bosh direktori Xiaohong Yang (Siyaoxun Yan) xonim hamda boshqa delegatsiya a’zolari O‘zbekiston energetika bozorida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB) bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar samarali natijalarga ega bo‘lishidan umidvorligini bildirdi.
O‘z o‘rnida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ham tashrif uchun Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB) vakillariga o‘z minnatdorligini bildirib, Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshililayotgan investitsiya loyihalari va xalqaro moliya tashkilotlari yordamida erishilgan natijalar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
☄️ Shuningdek, Dadajon Aynaqulovich O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, atrof-muhit va iqlim siyosati hamda infratuzilmaga investitsiyalarni jalb qilish sohasida xalqaro ekspert sifatida eʼtirof etilgan moliya instituti bilan hamrorlik aloqalarini oʻrnatishdan mamnunligi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB) hamkorligi doirasida energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘i rivojjlantirishga qaratilgan e’tibor uchun mamnunligini bildirdi.
✍️ Ayni paytda investitsion loyihalarga oid taqdimotlar namoyish etilib, o‘zaro muhokamalar etilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati