2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — AIIB O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishga tayyor
  • 13.08.2025
  • 8

Bugun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB) departament rahbari Syaoxun Yan xonim boshligidagi delegatsiya aʼzolari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Jamiyat axborot xizmatining maʼlum qilishicha, uchrashuvda tomonlar hamkorlik istiqbollari xususida so‘z yuritdi. Xususan, O‘zbekistonning energetika tizimida, ayniqsa, elektr tarmoqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, mamlakatda rivojlanayotgan “yashil iqtisodiyot” dasturi va unda investitsiyalarni jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Syaoxun Yan xonim o‘z so‘zida O‘zbekistondagi energetika sektorida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholab, hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyor ekanligini bildirdi. 

Muloqot chog‘ida Dadajon Isaqulov aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan muhim investitsiya loyihalari va xalqaro moliya institutlari ko‘magida erishilgan natijalar haqida atroflicha maʼlumot berdi. Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va AIIB o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik doirasida energetika sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi. 

Uchrashuv davomida tomonlar investitsiya loyihalariga oid taqdimotlar o‘tkazishdi, jumladan, istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va ekologiyaga taʼsiri haqida fikr almashildi. 

Tomonlar muloqot yakunida qayd etganidek, ushbu uchrashuv hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish va yangi investitsiya imkoniyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Manba:  https://uza.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati