⚡️ «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan Podstansiyalar va izolyatsiya-sinov xizmati xodimlari uchun texnika xavfsizligi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
O‘qitish jarayonlarida xodimlarga ishlab chiqarish jarayonidagi xavfsizlik qoidalari, favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi, shuningdek, zamonaviy himoya vositalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
⇒ Maqsad — xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, mehnat muhofazasi va elektr xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilishni ta’minlashdir.
Ma’lumot o‘rnida: Taʼlim-tarbiya maskanlarida energetika sohasiga oid dastlabki tushunchalarni shakllantirish, isteʼmol madaniyatini yuklaltirish, o‘quvchi-talabalarga energetika sohasiga oid islohotlar va bu murakkab jarayonda erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklar, istiqboldagi rejalar bilan bo‘lishish maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari turli o‘quv muassasalarida “mahorat darslari” o‘tib kelmoqda. Aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb-saytida “Tarmoq ilmiy-texnik kengashi” deb nomlangan maxsus rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda shu yo‘nalishdagi xabar va yangiliklar eʼlon qilib boriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI