Joriy yilning 22-23-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda 2025-yil 13-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining 516-sonli farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga ko‘ra, butun O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida joriy yilning 22-23-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Hashardan ko‘zlangan maqsad — mahallalar, aholi turarjoylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.
⚡️ Barcha soha tashkilotlari ham umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etib, energetika obyektlarida obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan shug‘ullanishadi.
Eslatib o‘tamiz, umumxalq xayriya hashari keyingi haftaning juma va shanba kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati