2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: Diqqat, e’lon! 2025-yil 18-avgust kuni 35 /10 kV kuchlanishli «U. Bobomurodov» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi
  • 16.08.2025
  • 11

2025–2026-yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash, elektr uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Surxondaryo MET” filiali tomonidan 35 /10 kV kuchlanishli «U. Bobomurodov» podstansiyasidan chiquvchi L-Bobomurodov-Davr-35 kV kuchlanishli havo tarmog'ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:

❇️ Havo tarmog'ining izolyatoriga va ularga tegishli qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi;

❇️ Havo tarmoqlari texnik ko'rikdan o‘tkazilib, tarmoqdagi qarshilik yuqori bo'lganligi sababli, yuqori kuchlanishli tarmoq xizmati xodimlari tomonidan ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi;

⚙️ Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz uzatilishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minotini yetkazib berish imkonini oshiradi.

⏰ Ish vaqti: 08:00 dan 13:00 gacha. 

Joriy taʼmirlash ishlarini olib borish vaqtida; "Qorasuv" , "Takiya" , "Xomkon", "Gulobod" , "Zarobod" , "Navro'z" va "Yangiobod" mahallalarda vaqtincha  Iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilishlar bo‘lishi mumkin.

⚡️ Iste’molchilardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” AJ  filiali

kanaliga obuna bo‘ling! 

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot