2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
JIZZAX VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli “Dashtobod” va “Zomin” podstansiyalardagi kuch transformatorlari yuqori quvvatlisiga almashtirilmoqda
  • 17.08.2025
  • 41

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-dekabrdagi 844-sonli qarori asosida “HET” AJ Jizzax hududiy filiali balansidan “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali balansiga qabul qilingan 110/35/10 kV kuchlanishli “Dashtobod” va “Zomin” podstansiyalardagi kuch transformatorlarning yuklamalari me’yoridan oshganligi sababli yuqori quvvatlisiga almashtirish ishlari quyidagicha reja asosida bajarilmoqda:

• 2025-yil 16-17 avgust kunlari 110/35/10 kV kuchlanishli “Dashtobod” podstansiyasida ТДТН-25000/110 rusumli T-2 kuch transformatorini TДTН-40000/110 rusumli kuch transformatoriga almashtirish;

• 2025-yil 18-avgust kuni 110/35/10 kV kuchlanishli “Zomin” podstansiyasida ТДТН-16000/110 rusumli T-1 kuch transformatorini ТДТН-25000/110 rusumli kuch transformatoriga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

☄️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan  shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati