Namangan shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida vazirlik, idora va tashkilotlarning quyi tizimlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarining viloyat bosqichi boshlandi.
Mazkur musobaqalarda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar bir qator sport turlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.
Navbatdagi bellashuvlarda “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari ham faol ishtirok etib yakunda mini futbol bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
☄️ Bellashuvlar joriy yil davomida barcha hududlarda o‘tkazilib kelinayotgan musobaqalarning mantiqiy davomi bo‘lib, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling