Elektr energiyasini uzluksiz va xavfsiz yetkazib berish hamda elektr uzatish tizimlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 110/35/10 kV kuchlanishga ega “Navro‘z” podstansiyasida teplovizor yordamida profilaktik texnik ko‘rik ishlari amalga oshirildi.
⚡️Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — elektr qurilmalaridagi ehtimoliy qizish nuqtalarini aniqlash, ularning nosoz holga kelishining oldini olish va avariyaviy holatlar yuzaga kelmasligini ta'minlashdir.
Texnik ko‘rik davomida yuqori aniqlikdagi teplovizor moslamasi orqali transformator uskunalari, kuchlanish ajratgichlari, kuch transformatorlari, tok o‘lchagichlar va boshqa muhim elementlarning harorat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, teplovizor yordamida o‘tkaziladigan bunday tekshiruvlar — nosozliklarni ilk bosqichida aniqlash, xizmat muddati davomida texnologik uskunalarning bardoshliligini ta’minlash va avariyaviy to‘xtalishlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan bunday texnik ko‘riklar yil davomida reja asosida doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda. Bunda zamonaviy diagnostika vositalaridan samarali foydalanish orqali mavjud energiya infratuzilmasining ishonchliligi va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
• Mavjud texnik xizmatlar natijasida “Navro‘z” podstansiyasi va unga ulanadigan elektr tarmoqlarining holati barqaror deb baholandi. Ayni paytda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi va keyingi ishlash jarayoni uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot