2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom ettirilmoqda
  • 18.08.2025
  • 20

Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari jalb qilgan holda Andijon viloyatida 2023-2026-yillarda "Raqamli transformatsiya va taqsimlash tarmogʻining barqarorligini oshirish" loyihasi boʻyicha Asaka tumani "Birdamlik" MFY da joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Asaka” podstansiyasida 2 ta 15 MVA quvvatli transformator o‘rniga 2 ta  40 MVA quvvatli transformator o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Modernizatsiya ishlari yakunlangandan soʻng 4 ta yirik isteʼmolchilar: "Asaka tibbiyot birlashmasi", "Asaka telekom boʻlimi", Asaka tumani dehqon bozor, tijorat banklari va 375 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari hamda 22372 dan ortiq aholi xonadonlari barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

☄️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan  shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali

t.me/AndijonMET_Axborot