2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi
  • 18.08.2025
  • 17

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV “LSP” havo tarmog‘i “Parrandachi” shahobchasining 2-tayanch ustunida ta’mirlash-sozlash ishlari bajarildi. Joriy ta‘mirlash ishlarida mutaxassislar metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash ishlarini bajarib, shikastlangan tarmoq elementlari — izolyatorlarni yangilariga almashtirishdi.

⚡️Ta’mirlash ishlari iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmasdan, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etgan holatda amalga oshirildi.

❗️Ma’lumot o‘rnida: Elektr qurilmalariga o‘z vaqtida sifatli va to‘g‘ri xizmat koʻrsatish — elektr energiyasini generatsiya (ishlab chiqarish) jarayonidan taqsimlovchi qurilmalarga yetkazib berish barqarorligini ta’minlashda, ya’ni nosozliklar va uzilishlarni oldini olishda muhim omil hisoblanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot