2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ishchi-xodimlarning farzandlariga o‘quv qurollari berildi
  • 18.08.2025
  • 26

! Yangi o‘quv yiliga iliq tuhfa

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali jamoasi yillar davomida davom etib kelayotgan ezgu anʼanani yana bir bor davom ettirdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi hamda O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi bayramlari munosabati bilan filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlarning farzandlariga yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyatda boshlashlari uchun 334 ta maktab sumkasi va o‘quv qurollari tarqatildi.

✨Ushbu tashabbus nafaqat farzandlar qalbida quvonch uyg‘otdi, balki ota-onalarga ham e’tibor va g‘amxo‘rlik ramzi bo‘ldi.

✍️ “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun

⇒  t.me/SamarqandMET_Axborot