2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Podstansiyalarda akkumulyatorlar kunlik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
  • 19.08.2025
  • 15

“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 35–110 va 220 kV kuchlanishli podstansiyalarda elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlashda muhim bo‘lgan akkumulyatorlar holati muntazam nazorat qilinadi.

✍️ Kunlik ko‘rik davomida:

♦ Zaryad darajasi tekshiriladi;

♦ Qurilmalar ishonchliligi baholanadi;

♦ Xizmat muddati va xavfsiz ishlash sharoitlari kuzatib boriladi.

 Bu esa favqulodda vaziyatlarda ham podstansiyaning ishonchli ishlashiga yordam beradi.

☄️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

t.me/XorazmMET_Axborot