✍️ "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi podstansiyalarda elektr jihozlarini mavsumga tayyorlash ishlari belgilangan grafik asosida tizimli ravishda olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-dekabrdagi 844-sonli qarori asosida “HET” AJ Xorazm hududiy filiali balansidan “Xorazmmagistral elektr tarmoqlari” filiali balansiga qabul qilingan 35/10 kV kuchlanishdagi “Sohibkor” podstansiyasining elektr qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Mazkur texnik xizmatlar:
• Elektr qurilmalarining uzluksiz va ishonchli ishlashini ta'minlaydi;
• Favqulodda holatlarning oldini olishga xizmat qiladi;
• Energiya ta'minotida barqarorlikni mustahkamlaydi.
Bajarilgan ishlar texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirildi.
110/35/10 kV kuchlanishli "Qo'ng'irot" podstansiyasida moyli o'chirgichlar ko'rikdan o'tkazilib kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI