✍️ "Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari" filialida tomonidan Ellikqal'a tumani "Qilchinoq" OFY da joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Qilchinoq” podstansiyasida 4 MVA quvvatli transformator o‘rniga 10 MVA quvvatli transformator o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Modernizatsiya ishlari yakunlangandan soʻng: "Qilchinoq", "Do‘stlik", "Saribay", "Toza-bog‘", "Amirobod" OFYhamda "Navbahor", "Qoshqora", "To'rtdevor", "Barhayot" MFY hududlarida yashovchi aholi va tadbirkorlar barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.
✍️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun