“O‘zbekiston MET” AJ, “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/6 kV kuchlanishli “Izolyator” podstansiyasida mavjud, quvvati 10 MVA bo‘lgan 35/6 kV kuchlanishli T-2 transformatorini taʼmirlash yuzasidan
▶️ Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli “Izolyator” podstansiyasidagi 10 MVA quvvatli 35/6 kV T-2 transformatorining shikastlangan birlamchi hamda ikkilamchi cho‘lg‘amlarini taʼmirlash.
Ishlarni bajarish muddati: Ish rejimiga asosan 2025-yil avgust-sentyabr oylari ichida 15 kun muddatda.
Ish hajmi:
1️⃣ Taʼmirlash-tiklash ishlaridan avval texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, nuqson dalolatnomasini tuzish;
2️⃣ Taʼmirlash-tiklash ishlaridan avval va keyin barcha sinov ishlarini bajarish;
3️⃣ Taʼmirlashdan avval va keyin transformator moyini kimyoviy hamda xromotografik analizlarini o‘tkazish;
4️⃣ Shikastlangan cho‘lg‘amni qayta o‘rash, izolyatsiyasini tiklash;
5️⃣ TSF va VOF dagi silikagelni almashtirish;
6️⃣ Zaruratga ko‘ra RPN tekshirish;
7️⃣ Zaruratga ko‘ra yog‘ga chidamli rezinali zichlagichlarni almashtirish;
8️⃣ Taʼmirlash jarayonida transformator moyining izolyatsiya darajasini meʼyoriy ko‘rsatkichlarga keltirib, degazatsiya qilish (tozalash). Zaruratga ko‘ra meʼyor darajasigacha yangi transformator moyini quyish (dolivka);
9️⃣ Elektr qurilmalarini topshirish-qabul qilish sinovlarini o‘tkazish;
1️⃣0️⃣ Taʼmirlangan transformatorni kuchlanish ostiga qo‘yish jarayonida pudratchi tashkilotning malakali masʼul xodimi ishtiroki taʼminlash;
1️⃣1️⃣ Zaruratga ko‘ra boshqa turdagi ishlar amalga oshirilishi ham mumkin.
⇒ Eslatma: Barcha hujjatlar konvertda muhrlangan holda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ Xaridlar va transformatsiya ofisiga taqdim etiladi.
Manzil: Toshkent shahri,Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi 42-uy.
☎️ Savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: (71) 236-62-11 (dushanba -juma kunlari soat 9-00 dan 18-00 gacha).
✍️ Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati