Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Toshkent tumani Bunyodkor MFY hududida yangidan qurilib bitkazilgan 110/35/10 kV Qizgʻaldoq podstansiyasini bosqichma-bosqich ishga tushirilishi munosabati bilan, Magistral elektr tarmoqlari korxonasi masʼul xodimlari tomonidan 110 - 35 kV tarmoqlarda montaj va demontaj ishlari bajarilishi hisobiga elektr taʼminoti quyida koʻrsatib oʻtilgan tartibda qisqa muddatga oʻchiriladi.
2025-yil 21-avgust kuni soat 07:00 dan 20:00 gacha.
⇒ Bunyodkor, Diydor, Koʻksaroy, Qoraboʻrik, Zaxariq, Bogʻizilol, Zarbdor, Koʻhinur, Yangi-hayot, Oʻrikzor, Oltintepa, Chigʻatoy, Qizgʻaldoq, Beruniy, Oqtosh, Shamsiobod, Sohibkor, Beshterak mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hududlardagi qisqa muddatga oʻchirilish va yoqish ishlarining aniq vaqtlari qoʻshimcha maʼlumot sifatida telegram kanali orqali berib boriladi.
♦ Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun "Milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda "Toshkent TET" tomonidan Toshkent tumani isteʼmolchilaridan uzr soʻraymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati