2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Bugun tongda rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari bir kunga surilganini maʼlum qilamiz
  • 20.08.2025
  • 23

Kecha xabar berilgan taʼmirlash ishlari — ertaga, 2025-yil 21-avgust kuniga qoldirildi. "Taxiatosh IES"dan chiquvchi va 220/110/10 kV kuchlanishli ”Beruniy” podstatsiyasini elektr energiya bilan taʼminlovchi 220 kVli L-Beruniy tarmog‘ida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlari elektr taʼminotida vaqtincha (qisqa muddatli) uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚡️ Isteʼmolchilarning elektr taʼminotidagi uzilishlar ko‘lami va muddatini kamaytirish maqsadida 220/110/10 kV kuchlanishli “Beruniy” podstansiyasi taʼminoti vaqtincha 220/110/10 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyasi bilan bog‘langan 220 kV kuchlanishli L-B-X tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.

⇒ Isteʼmolchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati