2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.104.0 to‘lqinlarida ekologiya hamda energiya samaradorligi va tejamkorligi masalalari muhokama etildi
  • 21.08.2025
  • 25

«Yoshlar» radiokanalining  FM.104.0 to‘lqinlari «Yashil makon» dasturida ekologiya hamda energiya samaradorligi va tejamkorligi masalalari muhokama etildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, iqlim o‘zgarishiga haddan tashqari tutunlarning ortishi, ishlab chiqarish ortidan havoga qo‘yib yuborilayotgan korbanat angidridning ortishi va faunaning yo‘qolib borayotgani sabab qilinmoqda. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 7 million bevaqt o‘lim holatlari atmosfera havosi va xonalar havosi ifloslanishi oqibatida kelib chiqqan. Okeanlardan chiqadigan kislorod esa insonlarning to‘liq nafas olishiga to‘liq imkon bermaydi. Bu yetishmovchilikni asosan daraxtlardan chiqadigan kislorod to‘ldirib boradi. Daraxtlar issiqda salqinlik berib, atrof-muhitni shovqinlardan ham himoya qiladi. Shuning uchun shahar va qishloqlarimizda yashil muhitni saqlash bugungi kunning o‘ta muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

Radiomuloqotning navbatdagi mavzusida «Toza havo» oyligi, "Yashil iqtisodiyot" hamda  energiya samaradorligi va tejamkorligi masalalari haqida mulohaza yurilildi. Dasturda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek Urunov ham telefon aloqasi orqali ishtirok etdi.

❗️ Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida navbatdagi «Toza havo» oyligi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rasmiy xabar eʼlon qilgan edi. Tadbir davomida  atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida hamda ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunlar ijrosini taʼminlash, foydalanishda bo‘lgan avtotransport vositalarining ekologik holatini nazorat qilish maqsadida oylik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Unda energetika sohasi korxona va tashkilotlari ham faol ishtirok etishmoqda. 

Shuningdek, radiomuloqotda "Yashil iqtisodiyot" — ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan hamda atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot haqida qisqacha maʼlumot berib o‘tildi. Bundan tashqari, energiya samaradorligi va tejamkorligi, uning ekologik muhit bilan chambarchas bog‘liqligi muhokama etilib, energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari haqida qisqacha axborot berildi.

Radioboshlovchi jurnalist Umida Hasanova.

 

✅ Marhamat, jonli muloqotdan yozib olingan mediamahsulot bilan tanishing!

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati