Bugun va ertaga. yaʼni 2025-yil 22-23-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda 2025-yil 13-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining 516-sonli farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga ko‘ra, butun O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida joriy yilning 22-23-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Hashardan ko‘zlangan maqsad — mahallalar, aholi turarjoylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.
⚡️ Barcha energetika sohasi tashkilotlari ham umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etib, energetika obyektlarida obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan shug‘ullanishadi.
Maʼlumot o‘rnida: umumxalq xayriya hashariga oid foto-video xabarlar barcha magistral elektr tarmoqlari filiallari telegram kanallarida eʼlon qilib boriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati