«O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Jarayon» eshittirishida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari haqida axborot berildi.
Jonli efirda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek Urunov ishtirok etdi.
⁉️ Onlayn muloqot davomida jurnalistlarning quyidagi savollariga javob berildi:
1️⃣ Energetika sohasida, xususan elekt energetika tarmog‘ida 2025/2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday kechmoqda?
2️⃣ Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroridan keyingi — 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari “O‘zbekiston MET” AJga balansiga o‘tganidan so‘ng ish jarayoni qanday kechmoqda?
3️⃣ Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr energetika umumtizimiga integratsiya qilish jarayoni qanday kechmoqda?
4️⃣ Mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun isteʼmolchilar, xonadon egalari nimalarga etibor berishi kerak? Tavsiyalaringiz bilan bo‘lishing...
5️⃣ Yangi podstansiya va liniyalar qurishdagi innovatsion ishlanmalar bormi?
6️⃣ “Qizg‘aldoq” podstansiyasi hamda “Bog‘zor-1” va “Bog‘zor-2” elektr uzatish tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot bersangiz?
7️⃣ Energiya samaradorligi va tejamkorligi masalasi yuzasidan isteʼmolchilarga murojaatingiz bo‘lsa, marhamat...
⚡️ Eslatib o‘tamiz, radiomuloqot davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansidagi energetika obyektlari generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga yetkazib berish bo‘yicha 24/7 rejimida ish tashkil qilingani haqida axborot berildi.
Radioboshlovchi — jurnalist Dilorom Xudoyberdiyeva.
✍️ Dasturni jurnalist O‘rol Pardayev tayyorlagan.
Marhamat, radiomuloqot dasturi bilan tanishing!
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati