2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 110/35/10/6 kV kuchlanishli “Iskovot” podstansiyasida hamkorlikdagi qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
  • 25.08.2025
  • 15

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2025-yil 16-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, Fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini ta’minlash boʻyicha 2024-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2025-ylldagi asosiy vazifalar toʻgʻrisida”gi 1-son buyrugʻi hamda Namangan viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi viloyat boshligʻining 2025-yil 16-yanvardagi 1-sonli buyrugʻi ijrosini ta'minlash maqsadida tadbir tashkil etildi. 

☄️ Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir boʻlganda oqibatlarini bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlarining boshqaruv organlari, kuch va vositalarining tayyorgarlik darajasini tekshirish hamda hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialining Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan 110/35/10/6 kV kuchlanishli “Iskovot” podstansiyasida “Boshqaruv organlari, hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha harakatlari” mavzusida hamkorlikdagi qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari — Shtab boshligʻi polkovnik Akmaljon Oʻrinbayev tomonidan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. 

⚡️ Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali rahbari va ishchi xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish jafrayonida qanday harakat qilishlarini amaliy mashg‘ulot orqali ko‘rsatib berishdi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot