≈ joriy yilning 26-avgust sanasida
⏰ Ish vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha
Elektr energiyasini uzluksiz va barqaror tarzda iste’molchilarga yetkazib berish, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari samaradorligini oshirish hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali Elektr uzatish liniyalar xizmati xodimlari tomonidan 110/35/10kV kuchlanishli "Dasht" podstansiyasidan chiquvchi,
1️⃣ 35 kV kuchlanishli L-Do‘stlik elektr uzatish havo tarmog‘ini moyli o‘chirgichida;
2️⃣ Ushbu podstansiyadan chiquvchi 35 kV kuchlanishli L-Qiziriq elektr uzatish havo tarmog‘ini moyli o‘chirgichida
rejaviy-profilaktika ishlari amalga oshiriladi.
Profilaktika ishlari doirasida tarmoqdagi singan izolyatorlarni almashtirish va tarmoq trassasi bo‘ylab o‘sib chiqqan va simlarga tegishi ehtimoli bo‘lgan daraxt shoxlari kaltalanib tozalandi.
❗️ Kuchli shamol, yomg‘ir yoki boshqa tabiiy omillar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
♦ Bunday tadbirlar yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari infratuzilmasini muhofaza qilish, xavfsiz ekspluatatsiya jarayonini ta’minlash va aholi hamda yirik sanoat iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
✍️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi 1050-son “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida“gi qaroriga muvofiq, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashi uchun, muhofaza zonalarida ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish taqiqlangan.
▶️ Batafsil
Eslatib o‘tamiz, muhofaza zonalarida taqiqlangan ishlar, jumladan yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun amaldagi qonunchilikka binoan javobgarlik mavjud.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!
❗️ E’tibor bering, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori, 3-bob, 13-bandiga muvofiq Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlari – ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan korxonalar tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Qarorning 14-bandida elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarining muhofaza zonalari masofasi – elektr uzatish liniyalarining kuchlanish miqdoriga mos tarzda belgilab berilgan va ular quyidagicha:
♦ 35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 15 metr;
♦ 110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 20 metr;
♦ 220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 25 metr;
♦ 500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 30 metr.
⇒ Eslatib o‘tamiz, elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab – chetdagi simlardan, ularning og‘magan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni bo‘ylab, elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos bo‘lgan balandlikdagi masofaga ega parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi – elektr uzatish liniyalarining “muhofaza zonasi” deb ataladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” AJ filiali
kanaliga obuna bo‘ling!