Isteʼmolchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish hamda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan Andijon shahar, Janubiy Paxtakor ko‘chasida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Yayilma” podstansiyasida modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
T-1 20 MVA quvvatli transformator hamda 35 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalari demontaj qilinib, 63 MVA quvvatli transformatorni oʻrnatish uchun joy tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyun sanasidan boshlab «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali